Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 24 mingdan ortiq holat aniqlandi
2021 yil va 2022 yil o‘tgan davrida (1 iyun holatiga) respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 24 511 ta (5 164,7 gektar) holat aniqlandi. Bu haqda AOKAda Kadastr agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Kadastr agentligi organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 11 228 ta holatda 3 050,5 gektar (46 foizi) maydondagi qonunbuzilishlar ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan maydonlarni qaytarish haqida sudlarga 11 687 ta da’vo arizasi kiritildi.
Yerga oid qonun buzilishi holatlarida jinoyat alomatlari kuzatilgan 1 782 ta ish hujjati prokuratura organlariga yuborildi.
Olib borilgan nazorat tadbirlarda 44 438 nafar (2022 yilda 14 338 ta) shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, hokimliklarga 519 ta (8 213,45 gektar) holatda taqdimnomalar kiritilgan. 151 gektar yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinib, maqsadsiz foydalanilgan yerlar zaxiraga qaytarilishi ta’minlangan.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
19:58 / 23.08.2024
“Ximikat”siz pishgan tarvuzlar - qirni o‘rmonga aylantirayotgan Otabek hikoyasi
09:07 / 23.08.2024