Bahodir Jalolov professional boksdagi 11-jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi
Olimpiada va jahon chempioni, og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan bokschi Bahodir Jalolov (11-0, 11KO) 11 iyun tongida Nyu-Yorkda o‘tgan jang oqshomida ringga ko‘tarildi.
Showtime tomonidan tashkil etilgan turnirda o‘zbekistonlik bokschiga belgiyalik Jyek Mulovey (11-3-1, 7KO) raqiblik qildi.
Jang 8 raundga mo‘ljallangan edi. Bahodir deyarli barcha raundlarda ochkolar bo‘yicha ustunlik qildi, 6-raund oxirida raqibini nokdaun holatiga tushirdi, so‘nggi raund boshida esa «pishib yetilgan» nokaut ro‘y berdi. Natijada hamyurtimiz nokautli seriyasini davom ettirdi.
Ma’lumot uchun, bu Jalolovning professional faoliyatidagi 11-jangi bo‘ldi. U avvalgi bahsini 18 mart kuni BAAda o‘tkazib, Kamil Sokolovskini 5-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan edi.
Mavzuga oid
03:07 / 11.08.2024
Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi
02:17 / 11.08.2024
Bahodir Jalolov - ikki karra Olimpiada chempioni
11:15 / 08.08.2024
Parij sarguzashtlari - futbolchilar nimadan norozi bo‘ldi?
02:39 / 08.08.2024