Toshkentda sovuq suv uchun «aqlli» hisoblagichlarni o‘rnatish boshlandi
Toshkentda sovuq suv uchun «aqlli» hisoblagichlarni o‘rnatish boshlandi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» xabarida aytilgan.
«O‘zsuvta’minot» AJ va Janubiy Koreya davlatining K-Water korporatsiyasi o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan Toshkent shahrining Mirobod tumani Qo‘yliq-1 mavzesida 610 ta «aqlli» suv hisoblagichlarini o‘rnatish hamda billing tizimiga ulanishi belgilangan edi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda 18 ta ko‘p qavatli uylarda jami 500 ta «aqlli» suv hisoblagichlari o‘rnatildi.
Yangi hisoblagichlarning ishi kompyuter tizimi tomonidan boshqariladi. Bu ma’lumotlarni baholash, to‘plash va qayta ishlash bosqichida inson omilini minimallashtiradi.
Avvallari xodimlarning uyma-uy yurib, hisoblagich ko‘rsatkichlarini tekshirishga sarflagan vaqti endi suv ta’minoti tarmoqlarining texnik holatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
09:20 / 09.09.2024
Suv havzalarida motorli transport vositalari harakatiga ruxsat beriladi
12:22 / 06.09.2024
Portugaliya suv resurslari barqarorligiga sarmoya kiritishga chaqirmoqda
09:02 / 03.09.2024
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
14:08 / 24.08.2024