O‘zbekiston | 07:18 / 14.06.2022
3253
2 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi huzurida milliy dispetcherlik markazi tashkil etildi 

Vazirlar Mahkamasining «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Qaror bilan Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Markaz tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yagona elektr energetika tizimiga ulangan tashkilotlarni markazlashgan, uzluksiz, operativ-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi hamda ushbu tizimning ishlashini qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda boshqaradi. 

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talab va taklifdan kelib chiqqan holda, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning soatlik rejimini shakllantirish; 
  • favqulodda rejimlarning paydo bo‘lishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya holatini bartaraf etgandan keyin tizimning ishini tiklash va boshqalar. 

Markaz o‘z faoliyatida Energetika vazirligiga hisobdor ekani belgilandi.

Mavzuga oid