Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Kitob tumani hokimi etib tayinlangan.
14 iyun kuni Xalq deputatlari Kitob tumani kengashining navbatdagi sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.
Tuman hokimi Alisher Zokirov o‘z lavozimidan ozod etilgan va O‘ktam Pardayev Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
O‘.Pardayev 1978 yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.
Muqaddam O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2021 yil fevralida Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Alisher Zokirov Kitob tumaniga 2019 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024