Samarqandda soxta ichki ishlar xodimasi qo‘lga olindi
Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan patrullik tekshiruvida ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib yurgan ayol ushlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, shu kunlarda viloyatda Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida «Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti» shiori ostida «Intizom oyligi» o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari patrullik tekshiruv tadbirlarini olib borishlari davomida, Bulung‘ur tumanining Mehrjon mahallasi hududida fuqaro I.N. ichki ishlar organlari xodimlarining kiyimida yurgani aniqlangan.
O‘tkazilgan suhbat davomida ayol formani Samarqand shahrida joylashgan chevarxonalarning biridan sotib olganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Urgut tumanida joylashgan muntazam YPX maskanida o‘tkazilgan tadbirda ichki ishlar organlari xodimlarining soxta guvohnomasi bilan yurgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
10:50 / 02.05.2023
Samarqandda soxta huquqni himoya qiluvchi idora xodimi ushlandi
18:50 / 20.04.2023
Sirdaryoda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimi ushlandi
16:32 / 19.03.2022
“Soxta xizmat guvohnomasini asosan YPX xodimlariga ko‘rsatardim” - Toshkentda Bosh prokuraturaning soxta xodimi qo‘lga olindi
19:44 / 24.01.2022