Shryoder o‘zining Germaniya sobiq kansleri sifatida imtiyozlardan mahrum etilganiga qarshi chiqmoqchi
Germaniya sobiq kansleri o‘zining ayrim imtiyozlardan mahrum etilishini «noqonuniy va konstitutsiyaga zid» qaror deb atadi va Bundestag qo‘mitasini kelishuvga chaqirdi.
Germaniya sobiq kansleri Gerhard Shryoder sobiq hukumat rahbari sifatidagi ayrim imtiyozlarini bekor qilish masalasida «o‘zaro maqbul kelishuv»ga erishishga umid qilmoqda. Dpa agentligining 15 iyun, chorshanba kuni xabar berishicha, uning advokati Bundestagning budjet qo‘mitasidan «tekshirib bo‘ladigan va shuning uchun apellyatsiya qilinadigan qaror»ni ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Murojaatda aytilishicha, sobiq kansler parlamentdagi o‘z byurosi yopilgani va xodimlarining OAVdan mahrum etilgani haqida bilgan. Advokat ta’kidlaganidek, bu qaror Shryoderning sobiq kansler sifatidagi majburiyatlarini endi bajarmasligi bilan izohlanadi. Boshqa asoslar keltirilmagan, deyiladi advokat murojaatida.
«Balki, bu «imtiyoz»larning bekor qilinishi gapirish istalmayotgan yana bir sabab borligi bilan bog‘liqdir .Budjet komissiyasining qarori, OAV xabarlaridan ko‘rinib turibdiki, noqonuniy va konstitutsiyaga zid», - deya xulosa qildi sobiq kansler advokati. Huquqiy tushuntirishlar «birinchi o‘ringa qo‘yilmayapti» va «qabul qilib bo‘lmaydigan ta’qiblar»ga ishora qilyapti, qo‘mitaga «teng shartlar asosida muzokaralar» orqali o‘zaro maqbul kelishuvga erishish yo‘lini topish taklif etilmoqda, dedi advokat.
May oyida Bundestagdagi hukmron koalitsiya Gerhard Shryoderning byurosini yopish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. Bundan buyon sobiq kanslerlarning alohida ta’minoti ularning maqomi bilan emas, balki majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, deyiladi Bundestag budjet qo‘mitasi xabarida.
Qo‘mita fikricha, Shryoder endi bunday majburiyatlarni bajarmaydi. Sobiq kansler pensiya va himoyasi saqlanib qoladi. Ommaviy axborot vositalari hisob-kitoblariga ko‘ra, Shryoder xodimlarining xarajatlari yiliga 400 ming yevroni tashkil etgan. Handelsblatt nashri yozishicha, o‘tgan yili uning kabinetida besh nafar xodim ishlagan va idora rahbari oyiga 10 ming yevrodan ortiq maosh olgan.
2022 yil mart oyida ayrim xodimlar sobiq kanslerning Rossiya haqidagi pozitsiyasiga norozilik sifatida u bilan ishlashdan bosh tortdi. Ular Bundestag apparatining boshqa joylariga o‘tkazildi. Idoraning ko‘p yillik rahbari va sobiq kanslerning spichrayteri ham ketdi.
Germaniyada Shryoder Putindan uzoqlashishdan bosh tortgani va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab chiqmagani uchun keskin tanqid qilindi. «Tajovuzkorlar bilan ishlash kerak emas. Sobiq kanslerga kelsak, biz shaxsiy hayot haqida gapirmayapmiz. Ayniqsa, hozirgi vaziyatda», - deya Shryoderni tanqid qildi Sotsial-demokratik partiya raisi Lars Klingbayl. «Men Gerhard Shryoder tarixning to‘g‘ri tomonini tanlashini istardim. Lekin u noto‘g‘ri tomonni tanladi», - deya qo‘shimcha qildi u.
«Gerhard Shryoderning Rossiya energetika kompaniyalaridagi ishi Yevropada, ayniqsa Sharqiy Yevropadagi qo‘shnilarimiz o‘rtasida mamlakatimizga nisbatan ko‘plab savollar tug‘dirdi. Bu yaxshi emas», - dedi Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer.
Mart oyida Shryoder Hannoverning faxriy fuqarosi va mahalliy «Hannover 96» futbol klubi boshqaruvining faxriy a’zoligidan mahrum qilingan edi. May oyida Yevroparlament Shryoderni rossiyalik oligarxlarning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi.
Shundan keyingina sobiq kansler 2017 yildan beri ishlab kelayotgan «Rosneft» direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etayotgani ma’lum bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tgach, Shryoder «Gazprom»ning konsern direktorlar kengashiga kirish taklifini rad etdi. Sobiq kansler Rossiya energetika kompaniyalarida ishlagani uchun yiliga taxminan bir million yevro olgan, deb yozadi The New York Times.
Mavzuga oid
08:11 / 11.04.2024
Shryoder Navalniyning intervyusi tufayli Bild’ga qarshi sudda yutqazdi
14:31 / 04.05.2023
Berlin sudi Shryoderning Bundestagga qarshi da’vosini ko‘rib chiqyapti
23:02 / 01.12.2022
Shols Bundesverda o‘q-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi
07:20 / 30.11.2022