61 ta bozorda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilmagan
61 ta dehqon bozorida sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarga rioya etilmagani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu borada 73 nafar mansabdor va javobgar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, hududiy sudlarga yuborildi.
Go‘sht, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 158 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma tuzilib, o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortildi.
Sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha normalarga javob bermaydigan 440 198,5 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari savdosi taqiqlanib, o‘rnatilgan tartibda brakovka qilindi.
Mavzuga oid
17:25 / 24.08.2024
“Bir bolaga 500 mingdan 1 mlngacha” – o‘zbekistonliklar maktab bozoriga qanday tayyorlanishyapti?
14:37 / 31.07.2024
Qo‘yliqdagi ovqat bozori faoliyati to‘xtatildi
21:09 / 25.07.2024
Farg‘ona buyum bozorida tadbirkorlar va ma’muriyat o‘rtasida nizo kelib chiqdi
19:10 / 28.06.2024