«Har bir fuqaroga mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim» - Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
Prezident yangi bir normani Konstitutsiyaga kiritish taklifini bildirdi.
Ya’ni, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari – qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratilishi.
“Bilasizlarmi, meni ko‘p yillardan buyon qiynab kelgan yana bir masala bor edi, u ham bo‘lsa “propiska”, degan muammo.
Odamlarimizni, ularning huquqlarini kamsitadigan bunday holatni bartaraf etish uchun biz yo‘llardagi nazorat postlarini, “propiska”, degan narsani yo‘q qildik.
Kelgusida bunday to‘siqlarni tizimli hal etish uchun har bir O‘zbekiston fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi shart. Har bir fuqaroga mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim.
Shuningdek, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi kerak", dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
15:52
O‘zbekistonda Global ekologik fond donorlari yig‘ilishi o‘tkazilishi mumkin
15:29
O‘zbekiston prezidenti Chexiya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:37
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
13:50