Iqtisodiyot | 12:15 / 21.06.2022
19677
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Dreamstime

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 mlrd AQSh dollariga oshgan. 

Ma’lum qilinishicha, tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport – 8,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, mahsulotlar 7,2 mlrd dollar, xizmatlar 1,1 mlrd dollar olib kelgan.

Shuningdek, importga 12,2 mlrd dollar sarflangan. Bunda, mahsulotlarga 11,2 mlrd dollar ketgan bo‘lsa, xizmatlarga 930 mln dollar sarflangan.

Bundan oldin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi miqdori ma’lum qilingandi

2022 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi – 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, eksport – 700 mln dollar, import – 1,9 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid