O‘zbekiston | 10:39 / 22.06.2022
38782
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekgidroenergo» To‘palang suv ombori bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

«O‘zbekgidroenergo» To‘palang suv ombori to‘g‘oni bilan bog‘liq muammo mavjud emasligini ma’lum qildi.

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan To‘palang suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosgani to‘g‘risidagi turli ma’lumotlar tarqaldi.

«O‘zbekgidroenergo» xabariga ko‘ra, hozirda To‘palang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘palang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 kubometr suv chiqqan.

Qayd etilishicha, to‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q.

Ayni paytda ushbu nosozlik to‘liq bartaraf etildi. 40 kubometr suv to‘liqligicha kanalga yo‘naltirildi.

«Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishonmaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘raymiz», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

«O‘zbekgidroenergo» AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid