Iqtisodiyot | 16:16 / 22.06.2022
36562
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda dollar kursi tushishi davom etmoqda, rubl ilk bor 200 so‘mdan o‘tdi
Birjada AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi qariyb 50 so‘mga pastladi.
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 48,91 so‘mga pastlab, 10 847,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro 103,52 so‘mga tushib, 11 411,13 so‘m bo‘ldi.
Rubl esa 4,15 so‘mga oshib, 203,89 so‘m bo‘ldi. Bu Rossiya valutasi kursi O‘zbekistonda ilk bor 200 so‘mlik nuqtadan o‘tishi hisoblanadi.
Dollar kursi esa qatorasiga to‘rtinchi kun pasaymoqda.
Mavzuga oid
16:24 / 22.04.2024
O‘zbekistonda dollar kursi 12 700 so‘mdan oshdi
18:30 / 10.01.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 400 so‘mdan oshdi
19:46 / 27.10.2023
Rossiya Markaziy banki to‘rt oy ichida asosiy stavkani ikki barobarga oshirdi
17:12 / 03.09.2023