O‘zbekiston | 09:40 / 25.06.2022
29445
1 daqiqa o‘qiladi

DXX 1 mln dollarning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari 1 mln AQSh dollarining noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX e’lon qilgan xabarda aytilgan.

Foto: DXX

Qayd etilishicha, joriy yil 22 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi hududida xizmat o‘tayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari katta miqdordagi xorijiy valutani mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.

Xususan, Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo‘lgan 1 mln AQSh dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

DXX e’lon qilgan xabarda aytilishicha, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid