Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etgan qashqadaryolik haydovchi halok bo‘ldi
Boshqaruvni yo‘qotgan Isuzu o‘zidan oldinda ketayotgan Kamaz yuk mashinasining ort qismiga borib urilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 19 iyun kuni soat 2:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahallasi hududidan o‘tgan 1014-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Arabbandi qishlog‘ida yashovch, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Isuzu yuk mashinasi bilan Jizzax-Samarqand yo‘nalishida ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Kamaz yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.
Oqibatda, Isuzu yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda G‘allaorol tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxdagi dovonda tormozi ishlamay qolgan DAF yuk mashinasi ikkita mashinani urib yuborib, o‘zi AYoQShlardan birining ustuni bilan to‘qnashgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024