Buxoroda saksovul o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Buxoro viloyati Peshku tumanida saksovul butalari noqonuniy ravishda olib ketilayotgan yuk mashinalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Ekologiya inspektorlari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi ekologik reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirda Peshku tuman Varaxsha cho‘l hududidan «GAZ-53» rusumli davlat raqami belgisiz harakatlanib borayotgan avtomashina noqonuniy ravishda saksovul butalarini olib kelayotgani aniqlanib, Ekopatrul xodimlari tomonidan haydovchiga to‘xtash buyrug‘i berilgan. Ammo haydovchi to‘xtash talablariga bo‘ysunmay, mashinasini to‘xtatmay, qochib ketishga harakat qilgan.
Shunga qaramay, olib borilgan harakatlar davomida avtomashina to‘xtatilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan ikki nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Mavzuga oid
17:54 / 27.09.2024
Peshkuda 35 yoshli ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
13:54 / 10.09.2024