Jizzaxda jarima qo‘llamaslik evaziga 2,6 mln so‘m olgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
Xodim tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani uchun rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish va jarima qo‘llamaslik evaziga 2,6 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi M.Q. fuqaro Sh.ning xonadoni tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani uchun rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish va jarima qo‘llamaslik evaziga 2,6 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda oilaviy korxona rahbaridan pul talab qilgan gaz ta’minoti bo‘limi va SEOJSB xodimlari ushlangandi.
Mavzuga oid
21:10 / 20.09.2024
Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi
11:41 / 20.09.2024
Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
09:43 / 10.09.2024
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
19:02 / 09.09.2024