Iqtisodiyot | 09:45 / 01.07.2022
11529
1 daqiqa o‘qiladi
Iyun oyida inflatsiya 0,9 foizgacha tezlashdi
Iyun oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning iyun oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 12,2 foizga yetdi.
2022 yilning iyun oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,1 foizga oshdi.
Ma’lum qilinishicha, shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,9 foiz va aholiga pulli xizmatlar 0,8 foizga oshdi.
Mavzuga oid
08:10 / 02.11.2024
Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024