Shavkat Mirziyoyev: “Qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, birorta modda o‘zgarmaydi” (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusda tartibsizliklar ro‘y bergach, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi a’zolari bilan uchrashuvda ularga e’tiroz bildirdi va qoraqalpoq xalqining roziligisiz O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalariga birorta o‘zgartirish kiritilmasligini aytdi.
Jo‘qorg‘i Kengesdagi yig‘ilish videosidan parchani prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
“Salgina e’tirozim, o‘zlaring bosh bo‘lib, o‘zlaring tashabbus bilan chiqib, o‘zlaring qo‘l qo‘yib, o‘zlaring so‘zga chiqib, o‘zlaring tasdiqlagansizlar.
[...] Men har doim ochiqman-ku, nega telefon qilib aytmading, odamlar mana shunday norizo va hokazo deb. Men ham odamman-ku, menga ham Qoraqalpog‘istonning ertangi kuni, tinchligi kerak-ku. Shuncha qilgan mehnatimizni sharmanda qilish kimga kerak?
Maqsad-muddaomiz nima o‘zi? Maqsad-muddaomiz – vatanimizda har bir odam millatidan, elatidan, tilidan, dinidan qat’i nazar o‘zini erkin tutib, emin-erkin yashashi.
Konstitutsion islohot faqat xalqning ertangi kunini yaxshi qilish uchun. Lekin qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, bironta modda o‘zgarmaydi hech qachon. Shuning uchun har bir deputat o‘zlarining takliflarini yana bir marta aytsa, 70, 71, 72, 74, 75-moddalarga bironta o‘zgartirish kiritilmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024