O‘zbekiston | 00:51 / 03.07.2022
22261
1 daqiqa o‘qiladi

Abatbay Daniyarov qoraqalpoq xalqiga: “Vaziyatni bosiqlik bilan hal qilishimiz kerak”

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Abatbay Daniyarov xalqdan masalaga namoyishlar bilan emas, bosiqlik bilan yondashishni so‘radi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 iyul kuni Nukusga yetib borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga xalqning noroziligiga sabab bo‘layotgan o‘zgartishlar kiritish taklifini bekor qilib, bu qaror barcha qoraqalpoq xalqiga yetkazilishini so‘ragan.

“Birgalikda qoraqalpoq xalqiga tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Sizlar orqali ham men xalqimizga murojaat qilmoqchiman. Birdan bir maqsadimiz – fuqarolarga, odamlarga zarar yetmasligi kerak. Buni bosiqlik bilan hal qilishimiz kerak, ko‘chalardagi namoyishlar bilan emas. Prezident bir so‘z bilan bunday bo‘lmasligini ta’kidlagach, hammaning ko‘nglida ishonch uyg‘ondi.

Men qoraqalpoq xalqidan biror nojo‘ya holatlar yuz bermasligi uchun o‘z uylariga qaytishlarini so‘rayman. Prezidentning so‘zlaridan xulosa chiqarishga va tinchlikni saqlashga chaqirib qolaman”, dedi Abatbay Daniyarov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Mavzuga oid