O‘zbekiston | 15:41 / 04.07.2022
41551
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Qoraqalpog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi

Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirdi.

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibiga ko‘ra, Kreml bo‘lib o‘tgan voqealarga O‘zbekistonning ichki ishi deb qaraydi.

«O‘zbekiston bizga do‘st davlat, ittifoqchimiz va muhim hamkorimiz, u yerda sodir bo‘layotgan voqealar mamlakatning ichki ishidir. Respublika rahbariyatining faol harakati sabab vaziyat iziga tushishiga shubha qilmaymiz», deya Peskovning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

Agentlik Nukusdagi voqealar bo‘yicha munosabat olish maqsadida Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga ham bog‘langan. Rossiya TIV vakilining aytishicha, O‘zbekiston rahbariyati vaziyatni iziga tushirish uchun aql va o‘z xalqiga hurmat bilan harakat qilgan.

  • Bundan oldinroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqotida O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qarorlari o‘z vaqtida qabul qilinganini qayd etgandi.
  • Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston rahbari tomonidan ko‘rilgan qat’iy choralarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Mavzuga oid