Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan telefonda muloqot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari o‘tgan oy Toshkentda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdi.
“Suhbat avvalida Tojikiston prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, – deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Prezidentlar Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, Zarafshon daryosida Yavan GESi qurilishi loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Yevropa Kengashi prezidentlari bilan ham Qoraqalpog‘iston mavzusida telefon orqali muloqot qildi.
Mavzuga oid
15:52
O‘zbekistonda Global ekologik fond donorlari yig‘ilishi o‘tkazilishi mumkin
15:29
O‘zbekiston prezidenti Chexiya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:37
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
13:50