O‘zbekiston | 19:38 / 05.07.2022
18963
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ketdi

Viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Yusupov esa sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Kun.uz manbasining ta’kidlashicha, Otabek Tursunov so‘nggi kunlarda faoliyatidagi kamchiliklar tufayli viloyat hokimidan doimiy ogohlantirish olib kelgan. Shundan so‘ng u egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. U ushbu lavozimda 2021 yil 11 fevral kuni ish boshlagan edi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Yusupov sog‘ligidagi muammolar tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Kun.uz manbasining qayd etishicha, S.Yusupov hozir ham shifoxonada davolanmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Uning o‘rniga avvalroq biroz muddat boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan Qudrat Yarqulov vaqtincha boshliq etib tayinlangan.

Avvalroq, Andijon shahrining qamoqqa olingan hokimi Bahrom Haydarov o‘rniga G‘ofurjon Abdurahmonov tayinlangani xabar qilingan edi.

 

Mavzuga oid