Iqtisodiyot | 11:21 / 08.07.2022
16333
2 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi 

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2022 yil 6 iyul kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Suyakli mol go‘shti (1 kg) 45 000 so‘mdan 76 000 so‘mgacha;
  • Qo‘y go‘shti (1 kg) 55 000 so‘mdan 88 000 so‘mgacha; 
  • Kartoshka (1 kg) 1 500 so‘mdan 7 000 so‘mgacha;
  • Piyoz (1 kg) 2 300 so‘mdan 6 000 so‘mgacha; 
  • Sabzi (1 kg) 1 000 so‘mdan 6 000 so‘mgacha; 
  • Tuxum (10 dona) 7 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha;
  • Guruch (1 kg) 5 000 so‘mdan 22 000 so‘mgacha;
  • O‘simlik yog‘i (1 litr) 15 500 so‘mdan 30 000 so‘mgacha;
  • Shakar (1 kg) 10 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha.

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilgan, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turishi mumkin.

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).

Mavzuga oid