O‘zbekiston | 15:48 / 08.07.2022
12013
3 daqiqa o‘qiladi

Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan poytaxtning bir qator ko‘chalari yopilishi ma’lum qilindi

Xabar berilishicha, transport vositalari harakati to‘xtatiladigan ko‘chalar 9 iyul kuni soat 00:00 dan soat 07:00 ga qadar yopiq bo‘ladi.

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar hokimligi hokimligi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9 iyul kuni soat 00:00 dan soat 07:00 ga qadar ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatilishini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, quyidagi ko‘chalar 7 soat davomida yopiq bo‘ladi:

Olmazor tumani:

  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
  • Chilonzor tumani:
  •  «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo‘lining Muqimiy ko‘chasidan Baynalmilal ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galliota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Shayxontohur tumani:

  • «Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Kamolon ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Kattabog‘ 6-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • «Shayx Zayniddin» masjidi odidagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yunusobod tumani:

  • «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • «Mirza Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasining A.Temur shohko‘chasidan Bodomzor yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
  • Yakkasaroy tumani:
  • «Usmon bin Maz’un» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Qushbegi ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yashnobod tumani:

  • «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Tolimarjon ko‘chasidan A.Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shahar hokimligi matbuot xizmati sharoit taqazo etganda poytaxtdagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko‘chalar ham qisman yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilingan taqvimga ko‘ra, Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi ertalab soat 05:20da o‘qiladi. Bayram kunlari poytaxtda shahar avtobuslari tasdiqlangan jadvallar asosida, Toshkent metropoliteni esa tonggi soat 04:00 dan kechki 00:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, fuqarolarning masjidlarga kelib ketishi uchun maxsus avtobuslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid