Zelenskiy Ukrainaning 6 ta davlatdagi elchilarini ishdan bo‘shatdi
Ukraina prezidenti farmoni bilan mamlakatning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Andrey Melnik ishdan bo‘shatildi.
Ukrainaning Vengriya, Hindiston, Norvegiya va Chexiyadagi elchilari Lyubov Nepop, Igor Polixa, Vyacheslav Yatsyuk va Yevgeniy Perebiynos ham ishdan ketgan. Avvalroq Zelenskiy Niderlandiyadagi elchini ham bo‘shatgandi.
Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnikning ishdan ketishi uning ko‘tarilishi bilan bog‘lanmoqda. Avvalroq nemis nashrlari faol diplomatik missiya rahbari bo‘lgan Melnik Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga ishga o‘tishi kutilayotgani haqida yozgandi.
Melnik nemis nashrlariga bergan intervyusida banderachilar yahudiylarni o‘ldirgani haqida dalillar yo‘q, deb gapirgani sabab Germaniya va Isroilda keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Ukraina 25 yillik diplomatik tajribaga ega Melnikni ushbu muammodan olib chiqish uchun ham TIVga ishga o‘tkazayotgan yozilmoqda.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024