Pogba «Yuventus»ga qaytdi
«Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi Pol Pogba «Yuventus»ga qaytdi.
Turin klubi fransiyalik yarimhimoyachi bilan 2026 yilning 30 iyun kuniga qadar shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Pogba «Yuve» safiga erkin agent sifatida qaytdi.
Qayd etilishicha, «Yuventus» 2022 yilning 31 avgust kuniga qadar futbolchi uchun 2,5 million yevro komission to‘lovini amalga oshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Pogba faoliyati davomida ikkinchi marta «Yuve» safiga o‘tishi. Pol 2012 yildan 2016 yilga qadar turinliklar sharafini himoya qilib, Manchester jamoasiga 105 mln yevro mablag‘ evaziga transfer qilingan edi. Oradan 6 yil o‘tib, u Italiyaga yana erkin agent sifatida qaytdi.
Mavzuga oid
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
23:01 / 28.07.2023
UYeFA «Yuventus»ni Konferensiyalar ligasidan chetlatdi
23:14 / 14.07.2023
«Yuventus» Superliga g‘oyasidan voz kechdi – loyiha ham «o‘limiga» yaqinlashmoqda
11:43 / 19.05.2023