O‘zbekiston | 12:23 / 12.07.2022
16217
1 daqiqa o‘qiladi

FVV bolalarni qutqarmoqchi bo‘lib o‘zi cho‘kib ketgan qutqaruvchilar o‘zbekistonlik emasligini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan joyda cho‘milgan bolalarni qutqarmoqchi bo‘lgan qutqaruvchilarning o‘zi cho‘kib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda aytilishicha, vazirlik ushbu hodisani o‘rganib chiqdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lmaganligi aniqlangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan daryolar, ariqlar, kanallar, anhorlar va boshqa cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘milmaslikni so‘rab qolgan.

Mavzuga oid