O‘zbekiston | 07:31 / 14.07.2022
4452
1 daqiqa o‘qiladi

Inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi

O‘zbekistonda inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga qo‘shimcha sug‘urta klasslarini qo‘shish orqali kengaytirildi.

Bunda hayotni sug‘urta qilish sohasidagi mavjud 4 ta klassga yana 3 ta klass qo‘shildi. Bular:

  • tartib raqami bo‘yicha V-klass — “Majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash”; 
  • tartib raqami bo‘yicha VI-klass — “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi”; 
  • tartib raqami bo‘yicha VII-klass — “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash”.

Umumiy sug‘urta sohasidagi mavjud 17 ta sug‘urta klasslari qatoriga yana 1 ta sug‘urta klassi qo‘shildi. Tartib raqami bo‘yicha 18-klass – ya’ni «Tibbiy sug‘urta». 

Mavzuga oid