Jahon | 13:18 / 14.07.2022
19117
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti Rossiya bozorini tark etgan kompaniyalarni mamlakatga jalb qilish topshirig‘ini berdi 

To‘qayev Rossiyani tark etgan kompaniyalarni mamlakatga jalb qilish uchun sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatga Rossiya bozorini tark etgan xorijiy kompaniyalarning mamlakatga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi, deb yozmoqda Tengrinews.kz.

Qozog‘iston yetakchisining ta’kidlashicha, hozirgi kunda investitsiya kapitali uchun global kurash ketayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

«Deyarli 1400 ga yaqin yirik xorijiy kompaniyalardan har ikkinchisi o‘z faoliyatini to‘xtatdi yoki Rossiya bozorini butunlay tark etdi. Hukumat ularning Qozog‘istonga kirib kelishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi kerak. Bu bizga o‘rta va yuqori qiymatdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyatlar beradi», — dedi Qozog‘iston prezidenti hukumat kengaytirilgan yig‘ilishi davomida. 

Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatga ishlab chiqarish sanoatida investitsiya loyihalari ro‘yxatini tayyorlash va uni potensial investorlar bilan birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha topshirig‘ini eslatdi. 

«Bu ish hali ham majlislar va uchrashuvlar tarzida olib borilmoqda. Aniq natijalarga kelsak, hali maqtanadigan narsa kam. Mohiyatan yangi loyihalar yo‘q. Yana bir bor ta’kidlaymanki, loyihalar birinchi navbatda hududlarda, joylarda amalga oshirilmoqda. Demak, ularni jalb qilish va yakuniy natijaga erishish bo‘yicha hokimlar talabi vazirliklar bilan bir xil bo‘ladi», — dedi Qozog‘iston yetakchisi.

Mavzuga oid