O‘zbekiston | 07:28 / 15.07.2022
4593
1 daqiqa o‘qiladi

Silk Way aviakompaniyasi Navoiyga birinchi reysni amalga oshirdi

14 iyul kuni Silk Way West Airlines xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyasi Boku – Navoiy – Hongkong yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter-yuk reysini amalga oshirdi.

Foto: Uzbekistan Airpors

Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 12:48 da Navoiy xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi va bir necha soatdan keyin Hongkongga jo‘nab ketdi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.

Silk Way Airlines Ozarboyjonning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyasi bo‘lib, bosh ofisi va parvozlarini Boku shahridagi Haydar Aliyev xalqaro aeroportida amalga oshiradi. U Yevropa va Osiyo, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Afrikani bog‘laydigan yuk tashish xizmatlarini, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari uchun xizmatlarni taqdim etadi.

Joriy yilning iyun oyida Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va qarama-qarshi yo‘nalishdagi reyslarni amalga oshiruvchi SkyTaxi yuk aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni boshlagan edi.

Mavzuga oid