Toshkent investforumini o‘tkazishga qancha xarajat ketgani ma’lum bo‘ldi
Mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun xususiy kompaniyalarga 15 mlrd so‘mdan ortiq davlat buyurtmalari berilgan. Bu joriy kursda qariyb 1 mln 370 ming dollarni tashkil etadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi davlat xaridlari portaliga Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazishga qancha mablag‘ sarflagani haqidagi ma’lumotlarni joylashtirdi.
2022 yil mart oyida Toshkentda xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilgan edi. Davletovuz Telegram-kanali muallifi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan davlat xaridlari portaliga joylashtirilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, forum doirasida 15 mlrd so‘mdan ortiq xaridlar amalga oshirilgan. Xususan:
- Sky Evens MChJ – forumni tashkillashtirish uchun 7 mlrd 264 mln so‘m;
- Akfa Dream World MChJ (Hilton) – forum doirasida taomlar uchun 2 mlrd 585 mln so‘m;
- Lyuks Taxi MChJ – lyuks avtomobillar ijarasi uchun 2 mlrd 53 mln so‘m;
- Interhotel MChJ (mehmonxona) – zallar ijarasi va 1500 kishilik taomlar uchun 1 mlrd 190 mln so‘m;
- Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi DUK – ovoz qurilmalari uchun 798,5 mln so‘m;
- Ahadmix-Yastreb MChJ – sahna va ekranlar ijarasi uchun 457 mln so‘m;
- Akfa Dream World MChJ (Hilton) – forum shtabiga zal ijarasi va taomlar uchun 253 mln so‘m;
- Shoraxmat-Fayz oilaviy korxonasidan bayroq ijarasi uchun 398 mln so‘m.
“Bundan tashqari, yana bir qator xarajatlar ham amalga oshirilgan. 15 mlrd so‘mdan oshib qolar ekan”, deya yozadi bloger.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi forum yakunlari bo‘yicha jami 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar imzolanganini ma’lum qilgan. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston hukumati budjetni to‘ldirish uchun 250 mln dollar tashqi qarz olish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.
Bir yil oldin imzolangan prezident qarori bilan, xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari e’lon qilib borilishi belgilangandi.
Mavzuga oid
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
16:43 / 10.12.2024
Toshkent viloyatining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarida 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi
16:26 / 07.12.2024