Yevro dollarga nisbatan pasayishda davom etmoqda
Ikki kun avval 20 yil ichida birinchi marta yevro va dollar kursi tenglashdi. AQSh valutasi qisqa muddatga Yevropa valutasidan yuqoriga ko‘tarildi. Kecha yevrohududning iqtisodiy istiqbollari yomonlashishi fonida yevro kursining pasayishi davom etdi.
Yevro dollarga nisbatan pasayishda davom etmoqda. 14 iyul, payshanba kuni yagona Yevropa valutasining kursi 0,9952 dollargacha tushdi, bu so‘nggi 20 yil ichida birinchi marta ikki kun avval qayd etilgan AQSh valutasi bilan paritetdan sezilarli darajada past.
Kuni kecha yevroning kursi yevrozona uchun iqtisodiy ahvol yomonlashayotgani, Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish to‘liq to‘xtatib qo‘yilishi ehtimoli, shuningdek, dpa qayd etganidek, Yevropa markaziy banki (YeMB)ning yuqori inflatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qarorsizligi fonida qisqa muddatga 1 dollardan pastga tushdi.
Ayni paytda, inflatsiyani jilovlash uchun YeMB allaqachon kredit stavkalarini oshirdi va buni yanada ko‘proq qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) shunga o‘xshash choralarni ancha tezroq amalga oshirmoqda, bu esa dollarning mustahkamlanishiga yordam beradi.
AQShda inflatsiya bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilinishi fonida Yevropa valutasining qadrsizlanishi tezlashdi. Iyun oyida mamlakatda iste’mol narxlari yillik hisobda 9,1 foizga oshgan. Bu 1981 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. AQShda inflatsiyaning navbatdagi sakrashi Federal zaxira tizimi (FZT) pul-kredit siyosatini yanada qattiqlashtirishi ehtimolini oshiradi.
Dollar va yevro oxirgi marta 2002 yilda Yevropa banknotlari va tangalari chiqarilgandan so‘ng paritetda bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
19:36 / 24.10.2024
Qozondagi sammitda BRIKSning ramziy kupyurasi ko‘rsatildi. U ramziyligicha qoladimi?
11:30 / 17.10.2024
Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:35 / 14.10.2024