Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklash rejalashtirilmoqda
Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi.
Tbilisi meriyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 19 iyul kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lgan Tbilisi meri Kaxa Kaladze Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan birgalikda Shota Rustaveli haykali poyiga gul qo‘ygan.
Tadbir davomida Toshkent shahar hokimi hokimlik Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay qatnovini tiklashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Toshkentda tramvay liniyalari qurilishi 2023 yilda boshlanishi xabar qilingandi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, shaharda tramvay harakatini tashkil etish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlangan: sobiq mashinistlarni qaytarish va xorijdan mutaxassislarni jalb qilish jarayoni amalga oshirilmoqda. Xususan, Turkiya va Chexiyadan mutaxassislar taklif etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida tramvaylarni O‘zbekiston poytaxtiga qaytarish rejalashtirilayotganini aytgan edi.
Toshkent tramvaylarining 115 yillik tarixi 2016 yilning may oyida yakuniga yetdi. O‘sha yilning 2 may kuni 17-tramvay yo‘nalishidagi «Beshqayrag‘och – Otchopar bozori» tramvayi so‘nggi reysini amalga oshirdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Samarqandda tramvaylar qatnay boshladi. Chexiyadan olib kelingan zamonaviy Vario LF tramvaylari poytaxtda 4 yil davomida ishlatilganidan so‘ng Samarqandga olib ketildi. 2017 yil aprel oyidan boshlab Samarqand shahrida «Sartepa – Temiryo‘l vokzali» va «Siyob bozori – Temiryo‘l vokzali» yo‘nalishlari bo‘ylab tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Bungacha Samarqandda tramvaylar 1947 yildan 1973 yilgacha harakatlangan.
Mavzuga oid
18:56 / 02.02.2023
O‘zbekistonda tramvayda tashilgan yo‘lovchilar soni oshdi
18:15 / 23.11.2022
Toshkent tramvayini Fransiya kompaniyasi quradi
14:41 / 28.10.2022
Transport vaziri tramvay haqidagi savolga javob berdi
16:00 / 16.10.2022