Jizzaxda 60 ming dollarlik Hyundai Santa FE mashinasi yonib ketdi
Haydovchi mashinaning motor qismida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘zi o‘chirmoqchi bo‘lgan. Ammo eplay olmagan.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yilning 21 iyul kuni soat 16:14 larda viloyat FVBga Paxtakor tumani hududida yengil mashina yonayotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Hodisa joyiga darhol qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Ular soat 16:30da yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borib, soat 16:40 da olov o‘chirilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro J.Ye. boshqaruvida bo‘lgan Hyundai Santa FE rusumli yo‘ltanlamas Paxtakor-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Paxtakor tumani “Chamanzor” QFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 1-kilometrida mashinaning motor qismida yong‘in chiqqan.
Haydovchi yong‘inni mustaqil o‘chirmoqchi bo‘lgan, ammo harakatlari befoyda bo‘lgan. Shu payt guvohlardan biri yong‘in haqida 101 qisqa raqami orqali viloyat FVBga xabar bergan.
Yong‘in oqibatida mashina to‘liq yonib ketgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ko‘rilgan moddiy zarar miqdori taxminan 586 million so‘mni tashkil etgan.
Avvalroq, Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotib YTHga uchragan Cobalt yonib ketgandi.
Mavzuga oid
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024
Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
19:48 / 19.09.2024