O‘zbekiston | 07:57 / 22.07.2022
7845
1 daqiqa o‘qiladi

O‘quvchini bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish tartibi ma’lum qilindi

Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

Direktor arizani olgan kundan 1 ish kunida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

Sinfdagi o‘quvchilar soni me’yordan (35 nafar) ortiq bo‘lganda, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.

Rad etish haqida direktor 3 kunda ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilishi kerak.

Direktorning o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Mavzuga oid