O‘zbekiston | 17:58 / 22.07.2022
5878
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda quvvati 1500 megavattli yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi 100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirayotgan mazkur loyiha 2023 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Videodan kadr

Sirdaryoda yangi issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur loyiha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda. Stansiya yiliga 12 mlrd kVt soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Loyiha doirasida eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilishi kutilmoqda.

Stansiya Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 55 gektar yer maydonida qurilishi va 2023 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda loyiha 44 foizga, xususan loyihalashtirish 90 foiz, buyurtmalar 64 foiz, qurilish ishlari 17 foizga bajarilgan.

Avvalroq, joriy yilning dastlabki besh oyi davomida umumiy quvvati 1 ming 154 megavatt bo‘lgan 5ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo‘lgan 1ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid