Komil Allamjonov: «Yo‘qotilgan «prava»ni qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi»
O‘zbekistonda yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov xabar berdi.
Hukumatning “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi.
Shu paytgacha yo‘qolgan va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan guvohnomalarni haydovchilar imtihon topshirib, uning natijalariga qarab olar edi. Hukumat qarori bilan shu tartib bekor qilinmoqda.
“Yo‘qotilgan milliy haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni)ning dublikati transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari ma’lumotlar bazasida tekshirilgandan so‘ng imtihonlarsiz beriladi”, deyiladi hujjat matnida.
2023 yil 1 yanvargacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.
2022 yil 1 noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Mavzuga oid
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
13:39 / 08.12.2024
Avtohalokat tufayli kelib chiqqan mojaro bir inson umriga zomin bo‘ldi
22:07 / 03.12.2024