O‘zbekiston | 11:08 / 27.07.2022
4739
1 daqiqa o‘qiladi

Mehnat qonunchiligi sohasida eng ko‘p qonunbuzilishlar xalq ta’limi tizimida qayd etildi

2022 yilning birinchi yarmida mehnat tartibini buzgan besh mingdan ortiq mansabdorga 12 mlrd so‘mdan ortiq jarima qo‘llanildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva ma’lum qildi.

Foto: AOKA

Qayd etilishicha, o‘tgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda 41 ming 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan, 5 935 mansabdor shaxsga nisbatan 12 mlrd so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanildi. 

Qonunbuzilishlar eng ko‘p xalq ta’limi tizimida (11 916 ta) qayd etilgan. Shuningdek, tibbiyot va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq eng ko‘p muammolar kuzatilgan.

O‘tgan olti oyda 623 nafar xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilgani sababli ishga tiklangan, 1 584 nafar fuqarolarning 8 mlrd so‘mga yaqin ish haqi undirib berilgan.

Mavzuga oid