Korrupsionerlar O‘zbekistonga yetkazgan zarar miqdori 1 yilda 3 barobarga oshdi
2021 yilda O‘zbekistonda 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlarga yuborilgan. Bu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 282 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3 baravarga oshgan.
Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, aksariyat korrupsiyaga oid jinoyatlar Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yomon ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza muhokama qilingan.
Mavzuga oid
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:53 / 10.09.2024