O‘zbekiston | 17:20 / 04.08.2022
12460
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatchisini tajribasi va natijasiga qarab rag‘batlantirish tizimi joriy etilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Yig‘ilishda davlat xizmatchilariga talab qo‘yish bilan birga, ular faoliyati kafolatlari ham kuchaytirilishi ta’kidlandi.

Iqtisodiyotda xususiy sektor o‘sib borayotgani sari, malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador bo‘lishi kerak.

“Bitta mutaxassisni tayyorlash uchun qancha-qancha vaqt, mehnat va mablag‘ talab etiladi. Qolaversa, davlat xizmatchisi ham cheklangan resurs ekanini unutmaslik kerak”, dedi Prezident.

Shu bois, xodimni tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab rag‘batlantirish tizimi joriy qilinishi ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid