Ilon Mask uch kun ichida 7 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi
51 yoshli Mask oxirgi 10 oy davomida Tesla kompaniyasining 32 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan.
Dunyoning eng badavlat odami Ilon Mask oxirgi bir necha kun davomida Tesla kompaniyasining 6,88 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Tesla asoschisi 5 avgustdan 9 avgustgacha 7,9 mln donaga yaqin aksiyalarini sotgan. Milliarder bir necha oy avval kompaniyaning qo‘shimcha aksiyalarini sotmasligini aytgandi.
Mask aprel oxirida uch kun ichida 9,6 mln dona Tesla aksiyasini 8,5 mlrd dollarga sotgandi.
Bloomberg agentligining hisob-kitobiga ko‘ra, 51 yoshli Mask oxirgi 10 oy davomida Tesla kompaniyasining 32 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan. U aksiyalarini sotishni 2021 yil noyabrda, Twitter foydalanuvchilari orasida so‘rov o‘tkazganidan so‘ng boshlagandi.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024