Surxondaryoda o‘zbek-tojik hamkorlikdagi mashqlari yakuniga yetdi
Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari - general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda general-polkovnik Sherali Mirzo Surxondaryo viloyatida «Hamdo‘stlik-2022» o‘zbek-tojik hamkorlikdagi o‘quv mashqlari asosiy bosqichini kuzatdi.
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, hamkorlikdagi o‘quv rejasiga ko‘ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalariga motoo‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.
Amaliy o‘quv yakunida O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari «Hamdo‘stlik—2022» hamkorlikdagi o‘quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini yutuqlar bilan tabrikladi.
Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirliklari tomonidan ta’sis etilgan medallar bilan taqdirlandi.
Bundan oldin Tojikiston harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish borasida qo‘shimcha shartnoma imzolangandi.
Mavzuga oid
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024