O‘zbekiston | 09:37 / 13.08.2022
10556
1 daqiqa o‘qiladi
Kimlar va nimalar davlat chegarasi orqali navbatsiz o‘tkazilishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda davlat chegarasi orqali qator transport va tovarlar navbatsiz o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Qayd etilishicha, ular quyidagilar:
- qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar va ular ketayotgan avtotransportlar;
- og‘ir bemorlar, homilador va nogironlar, 7 yoshgacha bolalar, ularga hamrohlik qiluvchilar va ular ketayotgan avtotransportlar;
- xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni muntazam tashiydigan transportlar;
- tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, OAV uchun xabarlar va boshqa materiallar;
- tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo‘lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, ushbu tovarlar olib o‘tiladigan transportlar;
- prezident administratsiyasi yoki hukumat tegishli yozma topshirig‘iga muvofiq shaxslar, transportlar va tovarlar;
- O‘zbekiston xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
- O‘zbekiston oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.
Mavzuga oid
14:40 / 16.09.2024
Germaniya chegaralarida umumiy tanlangan nazorat joriy etilyapti
22:31 / 12.09.2024
Vengriya Yevrokomissiyaga qarshi da’vo arizasini kiritishi mumkin
09:40 / 10.09.2024
Germaniya barcha quruqlik chegaralarida vaqtinchalik nazoratni joriy qilyapti
15:14 / 07.09.2024