O‘zbekiston | 09:43 / 16.08.2022
8568
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qarzdor fuqaro va uning otasi MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi

Holat bo‘yicha Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 9 avgust kuni MIB Qiziriq tumani bo‘limi davlat ijrochilari Yu.T., Sh.E. va S.S. tumanning Bog‘iston mahallasida yashovchi, qarzdor R.O.ning yashash manziliga jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni undirish maqsadida borgan.

Ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida qarzdor R.O. va uning otasi A.X. davlat ijrochilarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzax viloyati Baxmal tumanida aliment qarzdorligini undirish uchun borgan MIB xodimi qarzdor fuqaro tomonidan pichoqlangandi.

Mavzuga oid