Maskning hazilidan so‘ng «Manchester Yunayted» aksiyalari narxi 17 foizga qimmatlashdi
Ma’lumot berilishicha, Mask «Manchester Yunayted»ni sotib oladigan bo‘lsa, bu unga taxminan 2 mlrd dollarga tushgan bo‘lardi.
Milliarder Ilon Mask Twitter akkauntida «Manchester Yunayted» klubini sotib olishi to‘g‘risida hazil qilib yozganidan so‘ng klub aksiyalari narxi 17 foizga oshdi, deb xabar berdi CNBC telekanali.
Keyinroq aksiyalar narxi pasaydi va savdolar yopilishi vaqtiga kelib bir aksiya narxi 12,78 dollarni tashkil etdi.
Ma’lumot berilishicha, Mask «Manchester Yunayted»ni sotib oladigan bo‘lsa, bu unga taxminan 2 mlrd dollarga tushgan bo‘lardi.
Tesla asoschisi chorshanba kuni Twitter akkauntida «Manchester Yunayted»ni sotib olayotganini yozdi. Obunachilar savoliga javob berarkan, u bu tvitiga jiddiy e’tibor bermasliklarini so‘radi.
«Bu Tvitterdagi eski hazil. Men hech qanday sport klubini sotib olmayapman», — deb yozdi u.
Shu bilan birga, Mask bolaligidagi eng sevimli klubi «Manchester Yunayted» bo‘lganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:34 / 30.09.2024
Ilon Mask «dronlar to‘dasi» o‘rtasida janglar sodir bo‘lishidan ogohlantirdi
21:50 / 28.09.2024
Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘iga yangi jarima belgiladi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024