Yevrohudud iqtisodiyoti ikkinchi chorakda atigi 0,6 foizga o‘sdi
Mutaxassislar ikkinchi chorakda yevrohudud YaIM 0,7 foizga o‘sishini taxmin qilgandi. Yil boshida o‘sish atigi 0,5 foizni tashkil etgan.
Yevrohudud davlatlarida iqtisodiyot ikkinchi chorakda kutilgan darajada o‘smadi. Joriy yilning aprel oyidan iyun oyigacha bo‘lgan davrda YaIM birinchi chorakka nisbatan avvalroq kutilganidek 0,7 foizga emas, atigi 0,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Eurostat Yevropa statistika idorasi 17 avgust, chorshanba kuni ma’lum qildi.
Yil boshida yevrohududda iqtisodiy o‘sish atigi 0,5 foiz darajasini tashkil etgan edi. Yillik hisobda mintaqada iqtisodiyot ilgari prognoz qilinganidek 4 foiz emas, balki 3,9 foizga o‘sdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yevrohudud iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida yuz bergan energiya inqirozi sababli kelib chiqqan yuqori inflatsiya salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu yil ekspertlar yevrohududda iqtisodiy o‘sishni atigi 2,6 foiz darajasida kutmoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
10:20 / 19.10.2024