O‘zbekiston | 11:19 / 18.08.2022
20158
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Energetika vazirligi, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi va Saudiya kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 12 mlrd dollar bo‘lgan uchta yirik kelishuv imzolandi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Bitimlar ikki davlat o‘rtasida yonilg‘i-energetika kompleksidagi hamkorlikni rivojlantirish platformasiga aylanishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda yashil vodorod sektorini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik, Saudiya tomoni investitsiyalari ko‘zda tutilgan.

Birinchi hujjat – ACWA Power kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘istonda quvvati 1,5 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish to‘g‘risida. Loyiha nafaqat mintaqada, balki butun dunyodagi eng yirik shamol stansiyasiga aylanadi. Shamol stansiyasi quvvati 1,65 mln xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yiliga 2,4 mln tonna uglerod chiqindilari chiqishi oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.

ACWA Power and Air Producs kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yashil vodorodni ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish va keyinchalik ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ikkinchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Saudiya tomonining O‘zbekiston energetika kompleksiga yaqin 5 yilda 10 mlrd dollar sarmoya kiritish niyatini bildiruvchi hujjat imzolandi. Uning doirasida qator istiqbolli yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ular orasida:

  • qayta tiklanadigan energetika sohasida hamkorlikni davom ettirish - shamol va quyosh energiyasiga asoslangan ishlab chiqarish, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh energiyasi konsentrlangan loyihalari;
  • tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish loyihalari, gaz turbinalari asosidagi estrodiol elektr stansiyalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;
  • tarmoq barqarorligini ta’minlash uchun elektr energiyasini saqlash va to‘plash eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan loyihalar, gidroelektr stansiyalari negizida saqlash stansiyalari uchun;
  • energetika sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va xizmatlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va qo‘shma ilmiy ishlanmalar sohasida hamkorlik.

Mavzuga oid