Salmon bin Abdulaziz Ol Saud «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi
Prezident «Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni O‘zbekistonning «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi ulkan hissasi uchun Saudiya Arabistoni podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud O‘zbekistonning «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi.
Bundan tashqari, farmon matniga ko‘ra, podshohga mukofot mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, musulmon dunyosi mutafakkirlari, ulug‘ ulamolari jahon tamadduniga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish, muqaddas islom dini insonparvarlik mohiyatini turli millatlar va elatlar orasida keng targ‘ib qilish, musulmon ummati birdamligini kuchaytirish borasidagi samarali va ibratli faoliyati, xalqlar ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash, ishonch va o‘zaro hurmat munosabatlarini yuksaltirish yo‘lidagi katta xizmatlari uchun berildi.
Mavzuga oid
23:15 / 21.05.2024
Saudiya qiroli Salmonning ahvoli yaxshilangani ma’lum qilindi
16:29 / 30.12.2023
Turkiya kompaniyasi ta’sischisi O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
14:52 / 03.11.2023
Shavkat Mirziyoyevga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi
22:08 / 29.09.2023