Toshkentda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh qo‘lga olindi
Toshkent shahrida 1094 dona “Tropikamid” va 447 dona “Regapen” dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Jazodan qutulib qolish uchun narkosavdogarlar ichki ishlar xodimiga 5 ming dollar pora taklif qildi.
Toshkentda shahar IIBB hamda Prezident davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi: Mirzo Ulug‘bek tumanida Sh. ismli shaxs boshqaruvidagi Epica avtomobili to‘xtatib tekshirilganda yo‘lovchi X. ismli shaxs yonidan 5 dona “Tropikomid” va 28 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dorilar hamda avtomobil salonidan 21 dona “Tropikomid” va 25 dona “Regapen” topilgan.
IIBB axborotiga ko‘ra, ular tadbirdan keyin qilmishlarini yashirish va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi evaziga ukalari orqali ichki ishlar xodimiga 5 ming dollar pora taklif qilishadi. Tezkor vakilning bildirgisiga ko‘ra o‘tkazilgan tadbirda gumonlanuvchining ukasi 4 mln so‘m va qimmatbaho soatni ichki ishlar xodimiga pora sifatida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Olib borilgan surishtiruvlar jinoiy guruhning boshqa a’zolarini ham topishga yordam berdi. Yangihayot tumanida Sh. va X. ning hamtovoqlari G. ismli shaxsning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 69 dona “Tropikomid” va 280 dona “Regapen” dori vositalari aniqlanib, dalil sifatida olingan.
G.ning yashash manziliga mijoz sifatida kelgan Y. ismli fuqaro yonidan 1 dona “Tropikomid” va 17 dona “Regapen” topilgan. Bundan tashqari, mijoz sifatida kelgan A. ismli shaxs ushlangan va uning yonidan 1 dona “Regapen” va 0,1 gram sintetik giyohvandlik vositalari topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, G. ismli shaxs kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini V. ismli shaxs boshqaruvidagi Epica rusmli avtomobilda tarqatib kelgan.
Maxsus tadbir davom ettirilib, 2 avgust kuni Q. va I. ismli shaxslar Isuzu yuk mashinasida Toshkent shahriga shisha idishlar orasiga yashirilgan 998 dona “Tropikomid” dori vositalarini olib kelayotgani aniqlandi.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida umumiy 1094 dona “Tropikomid” va 447 dona “Regapen” dori vositalari hamda 0,1 gram sintetik giyohvandlik vositalari aniqlangan. Daliliy ashyolar eskpertiziga topshirilgan.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024