O‘zbekiston | 07:27 / 20.08.2022
6720
1 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ishlari agentligining volontyorlik sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: iStock

Unda “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga volontyorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilash va ushbu yo‘nalishdagi vakolatlari nazarda tutilmoqda.

Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda.

Deputatlar ta’kidlashicha, qonun loyihasi qabul qilinishi sohani tartibga solish va rivojlantirish, volontyorlar faoliyatini rag‘batlantirish hamda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muhokamalar so‘ngida, qo‘mita tomonidan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan qaror qabul qilindi.

Mavzuga oid